1

Samarqandda o`g`il otasini o`ldirib, onasi bilan uni daryoga oqizdi

Jinoyat 14.06.2018, 11:00
Samarqandda o`g`il otasini o`ldirib, onasi bilan uni daryoga oqizdi

Joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanidagi “Zarafshon” daryosidagi daraxt shoxchalariga ilingan osiyo millatiga mansub, 45-50 yoshlardagi noma`lum erkak kishining jasadi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

O`tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasi natijasida topilgan jasad cho`kib vafot etmaganligi ma`lum bo`ldi.

Ko`rilgan tezkor choralari natijasida, ushbu jinoyatni marhum M.X.ning birga yashovchi o`g`li Sh.M. shu yilning 30 may kuni uyida otasi mast holda janjal qilganligi uchun uni bo`g`ib o`ldirganligi va bu holatdan xabardor bo`lgan Sh.M.ning birga yashovchi onasi Sh.X. ham o`g`il o`z otasini o`ldirganini yashirish maqsadida u bilan birgalikda turmush o`rtog`ining jasadini gilamga o`rab, ustiga temir jism bog`lab 31 may kuni “Qoradaryo”ga olib borib, suvga tashlab yuborganliklari aniqlangan.

Ona-bola jinoyatchilar qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1