1

Jizzaxda bolalariga axlat edirgan o`gay onaning qilmishlari fosh bo`ldi

Jinoyat 14.06.2018, 16:34
Jizzaxda bolalariga axlat edirgan o`gay onaning qilmishlari fosh bo`ldi

...Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi G`. N. turmush o`rtog`i vafot etgan A.J. bilan oila qurayotganda bo`lajak erining to`rt nafar voyaga etmagan farzandi borligini bilgan va unga g`amxo`rlik qilish va`dasini bergan edi. Ammo u nafaqat bu va`dasidan qaytdi, balki etim bolalarni turli qiynoqlarga solib, azob-uqubatlar etkazdi. Bu haqda jinoyat ishlari bo`yicha G`allaorol tuman sudi vakillari «Xabar.uz»ga xabar qildi.

Avvaliga o`zini binoyidek tutgan N.G`.ning oradan ko`p o`tmay «qilig`i» chiqa boshladi. Arzigan-arzimagan sabablarni ro`kach qilib, bolalarga turli yo`llar, har xil bahonalar bilan tazyiq o`tkaza boshlagan.

Bolalarning eng kattasi — o`n uch yoshli Nigina va sakkiz yoshli Maftunaga nisbatan zulmlar barchasidan oshib tushardi — qizaloqlar tayoq zarbidan doimiy ravishda jarohat bilan yurar, haqoratu kamsitilishlar esa ularning ruhiy holatini izdan chiqarayozgan edi. «Birovga aytsang, o`zingdan ko`r», degan tahdid ularni hech kimga miq etmay, taqdirda tan berib yashashga majbur etardi.

Azoblar kundan-kun kuchaysa kuchaydiki, aslo kamaymadi. Hattoki, norasidalarning biri azoblarning daxshatidan qochib qo`shnining og`ilxonasida tunashga majbur bo`ldi. Pichoq suyakka borib etgandan keyingina Nigina va Maftuna oiladagi o`ta mudhish voqealar to`g`risida tog`alariga xabar berishga majbur bo`ldi.

Olib borilgan tergov jarayonlarida shavqatsiz o`gay ona bolalarni ovqat o`rniga mollarga beriladigan qora em va... o`z axlatlarini eyishga majburlangani ma`lum bo`ldi. Hayhot!.. Buni nima deb ta`riflashni ham bilmaysan kishi...

Ushbu jinoiy ishini jinoyat ishlari bo`yicha G`allaorol tuman sudi tomonidan jabrlanuvchilarning qonuniy vakili M.Umarov ishtirokida sud majlisida atroflicha ko`rib chiqildi. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilgan N.G`.ga nisbatan 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1