AsosiyJamiyat

O`zbekiston YuNESKO bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida

'O`zbekiston YuNESKO bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegasiya YuNESKO bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir uchrashuvlar o`tkazish maqsadida Fransiyaga tashrifni amalga oshirmoqda.

Tashrif davomida O`zbekiston delegasiyasi Jahon merosi markazi direktori Mextild Ryossler hamda ICOMOS (International Council on Monuments and Sites -Qadimgi yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlash bo`yicha xalqaro kengash) maslahatlashuv va monitoring boshqarmasi rahbari Regina Dyurigello bilan muzokaralar o`tkazdi. Ularda O`zbekiston va YuNESKO o`rtasidagi hamkorlik aloqalariga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar shuningdek qo`shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari bo`yicha fikr almashishdi. YuNESKO Mamlakat dasturini ishlab chiqish shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, Aziz Abduhakimov Parijdagi Indoneziya elchisi Xotmangaradja Pandjaitan, Tanzaniya elchisi Samvel-Viliam Shelukindo va Tunis elchisi Gazi Jerairiylar bilan muzokaralar o`tkazdi.

Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar davomida mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi va bebaho me`morchilik obidalarini saqlab qolish bo`yicha olib borilayotgan islohotlar haqidagi ma`lumotlar taqdim etildi. Shu o`rinda 2018 yilning 9 iyunida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "O`zbekiston Respublikasining YuNESKO Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan hududlarini muhofaza qilish to`g`risida"gi qarori qabul qilingani qayd etildi. Mazkur hujjat bilan ro`yxatga kiritilgan hududlar muhofazasini takomillashtirish va YuNESKO qoshidagi Jahon merosi qo`mitasi tavsiyalarini amalga oshirishga doir "Yo`l xaritasi" tasdiqlangan.

Ishtirokchilar shuningdek Respublika idoralararo ishchi guruhining Jahon merosi ro`yxatidan joy olgan hududlar muhofazasini takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish faoliyatidan xabardor qilindi.

Bundan tashqari, YuNESKO qoshida ro`yxatdan o`tgan xorijiy mamlakatlar elchilari va bu tashkilot rahbariyati bilan qator uchrashuvlar rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar