1

Kollej o`quvchisi jinoiy guruhga qo`shilib, o`g`irlikka qo`l urdi

Jinoyat 16.06.2018, 12:09
Kollej o`quvchisi jinoiy guruhga qo`shilib, o`g`irlikka qo`l urdi

Shu yil 10 iyun kuni 2 noma`lum shaxs Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi Sh.N. ismli ayolni uyiga darvozasidan oshish orqali kirib, uni pichoq bilan qo`rqitib, pul va qimmatbaho buyumlarni talab qilib, farzandi Sh.N.ni tortib olgani uchun shovqin ko`tarilganda ular hech narsa ololmay voqea joyidan qochib ketganlar.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Ishtixon tumanida yashovchi J.M. va shu tumanda yashovchi Baxrin qishloq xo`jaligi kasb-hunar kolleji 3-kurs o`quvchisi, S.A. sodir etganliklari aniqlanib ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1