Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi E.B.ning uyiga noma`lum shaxs kalit tanlash yo`li bilan kirib, yotoqxonasidan 25 000 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan.
O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma`lum qilishlaricha, ko`rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining kelini sodir etganligi aniqlanib, u ushlangan.






