AsosiyJamiyat

yagona maktab formalari tajriba-sinovda e`tirozlarga sabab bo`ldi

'yagona maktab formalari tajriba-sinovda e`tirozlarga sabab bo`ldi'ning rasmi

Shu yilning mart-may oylarida “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan taklif etilgan maktab formasi namunalari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 91- hamda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 4-maktabda tajriba-sinovdan o`tkazildi.

Shohida Rahmonova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktab o`qituvchisi:

– Maktab formasining rangi juda chiroyli tanlangan. Biroq ikki-uch yuvgach, matoning sifati o`zgarib, yuza qismida pitiqchalar hosil bo`ldi. Bundan tashqari, qalinligi bois aprel-may oyida koftaning ustidan kiyiladigan nimcha noqulaylik tug`dirdi. O`g`il bolalarning oq ko`ylagi va qizlarning koftasi ham qalin matodan tikilgan. Fikrimcha, kofta yupqa va tabiiy matodan, issiq va sovuq kunlar uchun alohida-alohida tayyorlanishi lozim. Shaxsan men o`quvchilarning yil davomida bir xil – qalin koftada yurishini istamasdim. Qolaversa, kiyim qulay, salomatlikka bezarar, xushbichim bo`lishi lozim.

    Boshqa yangiliklar