O`rta ta`lim muassasalari o`quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi qaror loyihasi umumxalq muhokamasiga qo`yildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
Loyiha bilan o`quvchilarning umumiy o`rta ta`lim muassasasiga maktab formasida kelishlari majburiy hisoblanishini belgilash nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari qaror bilan o`quvchilarga maktab formasini kiyishda quyiladigan talablar ko`rsatib o`tilgan, xususan:
qizlar uchun yubkaning tizzadan yuqori bo`lmasligi;
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo`lmasligi;
ta`lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurish va h.k.
Loyiha matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://regulation.gov.uz/ru/documents/2611