Innovasion rivojlantirish vaziri o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov Ulug`bek Inoyatovning o`rniga Xalq ta`limi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, vazirning Alisher Sa`dullaevdan boshqa barcha o`rinbosarlari, jumladan, vazirning birinchi o`rinbosari Qodirboy Bekturdiev va vazir o`rinbosarlari Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjaev ham lavozimidan ozod qilingan.
Bunga qadar Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo`lib ishlagan Sarvar Boboxo`jaev, shuningdek innovasion rivojlantirish vazirining sobiq o`rinbosarlari Otabek Nazirov va Alisher Umarov vazir o`rinbosari vazifasini bajaruvchi bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, Ulug`bek Inoyatov 2013 yildan buyon Xalq ta`limi vaziri vazifasida ishlab kelayotgan edi.