AsosiyJinoyat

Toshkentda ikki ayol bir ayolni 50 mln so`mga chuv tushirib ketishdi

'Toshkentda ikki ayol bir ayolni 50 mln so`mga chuv tushirib ketishdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida firibgarlik jinoyati yuz berdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 20 iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2017 yil 7 dekabr kuni Olmazor tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.S. ismli ayol va Uchtepa tumanida yashovchi muqaddam sudlangan L.A. “Mikrokreditbank” binosi oldida Yakkasaroy tumanida yashovchi M.I. ismli ayolga 50 mln. so`m pulini plastik karta rasmiylashtirib, unga 60 mln. so`m miqdorda tushirib berishlarini aytib, aldov yo`li bilan pullarini olib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko`rsatilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida N.S. va L.A. ushlanganlar.

    Boshqa yangiliklar