1

Toshkentda Hindistonga noqonuniy olib ketilayotgan tamaki mahsulotlari ushlab qolindi

Jinoyat 25.06.2018, 12:48
Toshkentda Hindistonga noqonuniy olib ketilayotgan tamaki mahsulotlari ushlab qolindi

«Toshkent—Amrisar» reysi bilan Hindistonga parvozga shaylangan bir qator yo`lovchilar «yashil» yo`lak bergan imkoniyatni suiiste`mol qilishga urindi, deb xabar beradi bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

Xususan, fuqarolar X.Sh. 1050 quti, B.S. 700 quti, R.I. va Sh.E.lar 600 qutidan tamaki mahsulotlarini o`zlarining qo`l yuklari va bagajlari orasiga yashirgancha olib chiqib ketayotgan paytda to`xtatib qolindi.

Noqonuniy olib chiqishga urinilgan mazkur tamaki mahsulotlari xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmagan ekan.

Endilikda huquqbuzarlar O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilib, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 2950 quti sigaretlar esa belgilangan tartibda yo`q qilinadi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1