1

Jizzaxda avtomashina shartnomasi uchun 45 mln so`m olgan korxona rahbari ushlandi

Jinoyat 25.06.2018, 14:29
Jizzaxda avtomashina shartnomasi uchun 45 mln so`m olgan korxona rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Arnasoy tuman bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.

«Aydardaryotrans» XK rahbari B. fuqaro Sh.ning nomiga Jizzax shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali Nexia-3 xarid qilish uchun shartnoma olib berishga yordam berishi evaziga 45 million so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan B.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1