AsosiyJinoyat

Farg`onada ayol o`z eriga qaychi bilan jarohat etkazdi

'Farg`onada ayol o`z eriga qaychi bilan jarohat etkazdi'ning rasmi

Farg`onada noxush voqea yuz berdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 19 iyun kuni Farg`ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi Z.E. ismli ayol uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashovchi turmush o`rtog`i N.P.ning chap biqiniga qaychi bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada N.P. kasalxonaga yotqizilgan. Z.E. ushlangan.

    Boshqa yangiliklar