AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda aka o`z ukasining qotiliga aylandi

'Qoraqalpog`istonda aka o`z ukasining qotiliga aylandi'ning rasmi

24 iyun kuni Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida qotillik sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, shu shaharda yashagan P.A.ning ko`krak qismiga o`tkir tig`li jism bilan urib jarohat etkazilgan holdagi jasadi topilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhum P.A.ning akasi A.A. mast holda o`zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

    Boshqa yangiliklar