AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyoning yorug` kelajagi uchun...

' Markaziy Osiyoning yorug` kelajagi uchun...'ning rasmi

Toshkentda 25 iyun kuni "Elektr energetikasi sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari – orttirilgan tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar" mavzusida Xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi.

"Hyatt Regency Tashkent" mexmonxonasida Osiyo Taraqqiyot Banki hamda "O`zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati hamkorligida o`tkazilgan mazkur anjumanda mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlardan, shuningdek Afg`oniston, Gruziya, Rossiya, Tojikiston, Qirg`iziston, Qozog`iston singari mamlakatlarning vakillari ishtirok etishdi.

Hamjihatlik va hamkorlik bo`lsa...

Sir emas, nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy osiyo mintaqasida elektr energiyasi ta`minoti eng muhim vazifalardan sanaladi. Mintaqadagi mamlakatlar iqtisodiyoti va ahli sonining o`sib borishi energiya manbalariga bo`lgan talab va ehtiyojlarni ham tobora ortishiga sabab bo`layotir. Tiklanmaydigan energiya manbalari zahirasi vaqt o`tgani sayin qisqarib borayotgani ham bor gap.

Shunday ekan, mavjud vaziyatni to`g`ri baholab, muammolarni o`zaro kelishgan holda bartaraf etish maqsadga muvofiq. Ayrim qo`shni mamlakatlar bilan yuzaga kelgan sovuq munosabatlarga ham aynan energetika tizimidagi kelishmovchiliklar sabab bo`lgandi Birgina Tojikiston bilan Rog`un GESining quriliishi, O`zbekistonning “Farhod” GESi huquqiy maqomining noaniqligi xalqaro hamjamiyatning ham e`tiborini tortib kelardi. Qirg`iziston bilan ham shunga o`xshash muammolar davlat o`rtasidagi munosabatlarni izga solishga to`sqinlik qilib kelardi.

Bugungi kunda mintaqada o`zaro do`stlik va hamjihatlik muhiti hukmron. Demak, bu sohadagi masalalrga ham birgalikda echim topish lozim.

Ham eksport ham import

Ekspetrlar fikricha elektr simlari orqali yuboriladigan energiya miqdori masofa uzaygani sari kamayib boradi. Shu bois mamlakatning olis hududida markazdagi stansiyalardan edektr etkazib berishdan ko`ra, yaqinroqdagi qo`shni mamlakat hududidan sotib olish arzonga tushadi.

– Shu bois, Tojikiston, Qirg`iziston, Qozog`iston singari qo`shnilarimiz bilan kelishilgan holda mintaqada yagona tizimni yo`lga qo`yish o`z samarasini beradi, - deydi “O`zbekeenergo” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuriddinov.

Anjumanda ishtirok etgan mutaxassislar ham mintaqa energetika tizimidagi o`zaro hamkorlikni rivojlantirishda Evropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlari tajribasidan foydalanish lozimligini ta`kidladilar.

Endi chiroq o`chmaydimi?

Bugun mamlakatimizda energetika inshootlarini modernizasiyalash, elektr stansiyalar quvvatini oshirish bo`yicha Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki singari yirik banklar va moliyaviy muassasalar bilan hamkorlik doiraisda ishlar amalga oshirilmoqda. Shu masalada Toshkent, Navoiy, Tollimarjon, Angren,taxiatosh issiqlik elektr-stansiyalarida yangi loyihalar asosiad zamonaviy qurilmalar ishga tushirildi. “O`zbekeenergo” va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasida 1 mlrd 700 mln dollarlik shartnomalar imzolandi.

Bu boradagi ishlar albatta o`zining ijobi samarasini beradi va joylarda elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Muqobil energiya manbalari

Mamlakatimizda muqobil energiyalaridan ham unumli foydalanish bo`yicha bir qator huquqiy me`yorlar qabul qilingan. Ana shu qaror va farmonlar ijrosi yuzasidan “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida Quyosh energiyasi instituti tashkil etildi. Yaqin to`rt yili ichida “Sky Power Global” xalqaro klmpaniyasi bilan hamkorlikda quvvat 1000 MVT ga teng Quyosh fotoelektr stanisiyasini ishga tushirish mo`ljallangan. Quyosh nuridan energiya olishi ob-havo sharoitiga bog`liq. Shuningdek, quyosh nuridan elektr energiyasini to`plash katta moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Kelajakda bu boradagi qurilmalarning ko`payishi va narxining pasayishi orqali bu yo`nalishda ham katta natijalarga erishish mumkin.

Afg`onistonga elektr etkazib beriladi

O`zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan chegaradosh, Birlashgan energotizimning o`rtasida joylashgan. Bu mintaqa davlatlari bilan erengiya almashish uchun qulay sharoit yaratadi. Hozirgi vaqtda bu sohada hukumatlararo bitimlar va tuzilgan shartnomalarga muvofiq hamkorlik qilinmoqda.

– “O`zbekenergo” mamlakatlarimiz hukumatlari o`rtasidagi bitim doirasida Afg`oniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi etkazib bermoqda, – deydi Afg`onistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Sayyod Shahobiddin Temuriy. – Hozirda 500 kVtli “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish ishlari boshlangan. Bu Afg`oniston energotizimini O`zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo yagona energotizimiga ulash imkonini beradi. Bunday qulay imkoniyat uchun O`zbekiston hukumatidan minnatdormiz.

Konferensiya yakunlariga ko`ra, ishtirokchilar o`rtasida kelgusida bunday tadbirlarni har yili o`tkazish va aloqalarni yanada mustaxkamlash to`g`risida deklarasiya imzolandi.

O`z muxbirimiz

    Boshqa yangiliklar