1

Samarqandda kelin qaynonasini o`ldirib, o`g`li yordamida uni kanalga tashlab yubordi

Jinoyat 26.06.2018, 14:28
Samarqandda kelin qaynonasini o`ldirib, o`g`li yordamida uni kanalga tashlab yubordi

2018 yil 24 iyunda Samarqand shahrida yashovchi M. shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, unda onasi X. 2018 yil 14 iyundan buyon bedarak yo`qolganligini bildirib, uni topishda yordam so`ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2018 yil 24 iyun kuni soat 23-00 larda X. ning jasadi shahardagi Yangiobod mahallasi hududidan oqib o`tuvchi “Siyob” kanalidan qotillik alomatlari bilan topilgan, deb yozmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida marhuma X. ning kelini Sh. aybini bo`yniga olish haqidagi iqrornomasiga ko`ra, 2018 yil 14 iyun kuni soat 16-00 larda qaynonasi X. bilan o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro maishiy kelishmovchilik natijasida uyida bo`lgan oshxona pichog`i bilan qaynonasi X.ga bir necha og`ir jarohatlar etkazib, uni qasddan o`ldirgan va murdani polietilen paket va gilamga o`rab, voyaga etmagan o`g`li A. yordamida uyining erto`lasiga olib tushib, jasadni yashirgan.

Shundan so`ng, 2018 yil 19 iyun kuni Sh. sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida, jinoyatga aloqador bo`lgan oshxona pichog`i va ko`rpachalarni Samarqand shahri hududidan oqib o`tuvchi “Siyob” kanaliga tashlab yuborgan. Ertasi kuni 20 iyun 2018 yilda X. ning jasadini ham ikki dona gilamga o`rab, voyaga etmagan o`g`li A. yordamida shu kanalga tashlab yuborgan.

2018 yil 25 iyunda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Sh. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1