AsosiyJamiyat

Endi yagona portal orqali soliq to`lovchining identifikasiya raqamini olish mumkin

'Endi yagona portal orqali soliq to`lovchining identifikasiya raqamini olish mumkin'ning rasmi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilarga my2.gov.uz portali orqali jismoniy shaxslarni hisobga olish va hisob-kitob ma`lumotlariga o`zgartishlar kiritish operasiyalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Soha mutaxassislari ma`lumotiga ko`ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Davlat soliq qo`mitasi bilan hamkorlikda foydalanuvchilarga bir qator yangi xizmatlarni taqdim etmoqda. Unga ko`ra, endilikda har bir fuqaro onlayn tarzda soliq va kommunal xizmatlardan qarzining bor-yo`qligi, yo`l harakati qoidalari buzilishi haqidagi jarimalar, shaxsiy nafaqa va sug`urta badallari to`g`risidagi ma`lumotlarni, soliq to`lovchining identifikasiya raqamini olishi mumkin. Bundan tashqari, fuqarolar turli davlat xizmatlari yuzasidan murojaat qilishi uchun ham imkoniyat mavjud. Bu fuqarolarning vaqtini tejash imkonini beradi.

Mazkur xizmatlardan foydalanish tartibi imkon qadar soddalashtirildi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali saytida ro`yxatdan o`tish lozim. Keyingi bosqichda arizaning elektron shakli to`ldiriladi. Hech ikkilanmay fuqarolar arizaga ilova qilib pasportining skaner nusxasini ham yuborishi kerak. Ma`lumotlar maxfiyligi ta`minlanadi. Ulardan faqatgina vakolatli organlar sizning so`rovingiz asosida foydalanishi mumkin. Ayni paytda ariza yashash manzili bo`yicha soliq inspeksiyasi bo`limiga to`g`ridan-to`g`ri yuboriladi.

Shundan so`ng uch kun mobaynida ariza beruvchi tomonidan ko`rsatilgan elektron pochta manziliga u davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo`yilganligini tasdiqlovchi xabar keladi.

Barcha turdagi xizmatlarga havolalar:

STIR (INN) aniqlash - https://my2.gov.uz/uz/search-tin/default/index

Qarzdorlikni tekshirish - https://mib.uz/blacklist

Respublikadan chiqishga cheklovni tekshirish - https://mib.uz/restriction

Elektr va gaz hisoblarini tekshirish - https://mib.uz/communal

Sovuq suv va kanalizasiya hisobini tekshirish - http://ek.uz/uz/cabinet/payment-public/vodokanal?i...

Issiq suv va isitish hisobini tekshirish - http://ek.uz/uz/cabinet/payment-public/teplo?id=12...

Chiqindilarni chiqarish hisobini tekshirish - http://ek.uz/uz/cabinet/payment-public/terminal?id...

    Boshqa yangiliklar