O`zbekiston Markaziy banki 2 iyuldan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so`mlik tangalar muomalaga chiqarilshini e`lon qildi.
50 so`mlik tanga pul
Tanga pullar muomalaga chiqarilishi bilan eski namunadagi 50 va 100 so`mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko`zda tutilgan.
100 so`mlik tanga pul
Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazildi.
Eski namunadagi pullarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo`l bilan, ya`ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

200 so`mlik tanga pul
Bank xabariga ko`ra, eski namunadagi 50, 100 so`mlik tangalar banknotlar 2019 yilning 1 iyuliga qadar, 200 va 500 so`mlik banknotlar 2020 yilning 1 iyulga qadar muomalada qoladi.

500 so`mlik tanga pul
Ushbu tangalar va banknotlar savdo, xizmat ko`rsatish va boshqa soha sub`ektlarining kunlik naqd pul tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.
Aholi qo`lidagi eski namunadagi tangalar va banknotlarni bank filiallari orqali ham yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin.






