Toshkent shahri kun sayin chiroy ochib bormoqda. Bu gal Hamid Olimjon metro bekati yonida 9 qavatli binolar yangicha uslubdagi tungi chiroqlar bilan bezatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kechki payt binolarning chiroqlari yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq poytaxtda "Lola" ko`rinishidagi ko`cha yoritgichlari, noodatiy o`rindiqlar, piyodalar yo`lakchasi va erosti yo`li devorida noyob chiroqlar paydo bo`lgani haqida xabar bergan edik.






