AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" Meksika terma jamoasini tashish uchun buyurtma oldi

'"O`zbekiston havo yo`llari" Meksika terma jamoasini tashish uchun buyurtma oldi'ning rasmi

"O`zbekiston havo yo`llari" MAK Meksikaga charter qatnovini bajaradi, deb xabar qilmoqda aviakompaniya matbuot-xizmati.

"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi 2018-yil 30 iyun kuni Vnukovo-Mexiko yo`nalishi bo`ylab charter qatnovini amalga oshiradi", — deyiladi xabarda.

Parvoz Boeing-787 Dreamliner havo laynerida bajariladi.

Mazkur qatnovga Meksikaning futbol bo`yicha milliy terma jamoasining ma`muriyati jamoa muxlislarini Moskvadan Mexiko shahriga tashish uchun buyurtma bergan.

    Boshqa yangiliklar