1 iyul kuni Farg`ona viloyatida jinoyat sodir etildi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Quva tumanida yashovchi T.M. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi kelini, uy bekasi Sh.M. ga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.
Olgan jarohati sabab Sh.M. kasalxonaga yotqizilgan. T.M. esa qo`lga olingan.