1

Uyida 13 tonna rangli metallni noqonuniy saqlagan ayol jarimaga tortildi

Jinoyat 03.07.2018, 11:56
Uyida 13 tonna rangli metallni noqonuniy saqlagan  ayol jarimaga tortildi

Kattaqo`rg`on shahridagi Istiqlol ko`chasida istiqomat qiluvchi M.Oripova (ism-sharifi o`zgartirilgan) ning xonadonida ko`p miqdorda, ya`ni jami 13 million 446 ming so`mlik rangli metallar noqonuniy saqlanayotgani aniqlangandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo`rg`on shahar bo`limi boshlig`i Firdavs Burhonov “Zarafshon” gazetasiga ma`lum qildi.

M.Oripovaning uyidan deyarli 10 yarim tonna qo`rg`oshin, 2 tonnadan ortiqroq alyuminiy, 323 kg mis, jami 13 tonnadan ortiq rangli metall topilgan.

Sudda u rangli metallarni begona bir shaxsdan sotib olganini, bu ish qonunga zidligini bilmasligini, endi ularni Kattaqo`rg`on shahar "Toshrangmetzavod" filialiga olib borib topshirishini ma`lum qildi. Shuningdek M.Oripova bu holat takrorlanmasligini bildirib, yoshi, pensionerligi, oilaviy sharoiti va moddiy ahvoli inobatga olinib, qonuniy engillik berilishini so`ragan.

Huquqbuzarga eng kam ish haqqining ikki baravari miqdorida jarima belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1