1

“Toshkent-Andijon” yo`lovchi poezdi oynasiga noma`lum shaxs tosh otgan

Jinoyat 03.07.2018, 12:05
“Toshkent-Andijon” yo`lovchi poezdi oynasiga noma`lum shaxs tosh otgan

Farg`ona viloyatining Toshloq tumanida 1 iyul kuni “Toshkent-Andijon” yo`lovchi poezdini “Ho`jaariq” MFY Xorazm ko`chasi hududida harakatlanayotgan vaqtida noma`lum shaxs poezdning 5-vagonining oynasiga tosh otgan va oyna darz ketgan.

Hozirda poezd vagoniga zarar etkazgan shaxsni kimligini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

"O`z o`rnida fuqarolarimizdan so`rab qolamizki, bu kabi holatlarni oldini olishda e`tiborli bo`ling. Ayniqsa, farzandlaringiz yoki yaqinlaringiz ana shunday ishga qo`l urayotgan bo`lsa, ularga bu ishlari birinchi navbatda qonunga zid ekanligini hamda o`ylamay qilgan ishlari ortidan bir nechta begunoh insonlar tan jarohatlari olishini mumkin ekanligini uqtiring. Yodingizdan chiqarmang, ana shu shikastlangan insonlar o`rnida sizning farzandlaringiz yoki yaqinlaringiz ham bo`lishi mumkin", - deyilgan IIV xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1