1

"O`zbekiston temir yo`llari" xodimi 7500 dollar pora bilan qo`lga olindi

Jinoyat 08.07.2018, 17:05
"O`zbekiston temir yo`llari" xodimi 7500 dollar pora bilan qo`lga olindi

“O`zbekiston temir yo`llari” AJning ixtisoslashgan qurilish-montaj podstansiyasi muhandisi Toshkent temiryo`l muhandislari institutiga o`qishga olib kirish uchun 7500 dollar so`ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

U Bosh boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida qo`lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat Kodeksining 168- (“Firibgarlik”) va 211- (“Pora berish”) moddalari bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1