1

Ayolning jasadi o`z uyidan qotillik alomatlari bilan topildi

Jinoyat 09.07.2018, 12:48
Ayolning jasadi o`z uyidan qotillik alomatlari bilan topildi

8 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashagan fuqaro V.U. ismli ayolning jasadi o`z uyidan qotillik alomatlari bilan topilgan, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 7 iyul kuni Jizzax shahrida yashovchi F.H., V.U. ismli ayolning uyiga eski buyumlarni sotib olish uchun kelib, uning nafaqa puli olganligini bilib ushbu pullarni qo`lga kiritish maqsadida ayolning boshiga bolg`a bilan urib qasddan o`ldirganligi aniqlanib, qo`lga olingan.

"Hurmatli fuqarolar, notanish odamlarga xonadoningiz eshigini ochmang! Agar ular turli tashkilotdan kelganligi xususida so`z ochib, uyingizga kirish istagini bildirsa, shaxsini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalarini ko`rsatishini talab qiling! Ogoh bo`ling!", - deyilgan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1