AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari o`zgaradi

'Mudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari o`zgaradi'ning rasmi

Mudofaa vazirligi Markaziy apparatiga qarashli xizmat mashinalariga yangi turdagi avtomobil raqamlarini o`rnatish boshlandi. Vazirlik matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, ushbu raqamlar Ichki ishlar vazirligi YHXBga qarashli «O`zavtomotobelgi» DUK bilan kelishgan holda joriy etilmoqda.

Yangi avtomobil raqamining avvalgisidan farqi — u endilikda oq fonda va to`rtta raqam ketma-ketligidan iborat bo`ladi.

Masalan, «01 0047 MV» avtomobil raqamidagi 01 — Toshkent shahri hududiga tegishli ekanligini, 0047 — tartib raqamini, MV — Mudofaa vazirligi Markaziy apparatining xizmat avtomobili ekanligini bildiradi.

2018—2019-yillar davomida Mudofaa vazirligi qo`shinlariga qarashli barcha turdagi harbiy avtotransport vositalariga to`rtta raqamlar ketma-ketligidan iborat qora fondagi avtomobil raqamlari o`rnatiladi.

Boshqa yangiliklar