AsosiyJinoyat

Chaqalog`ini o`ldirib, 3 kun davomida jasadini yashirib kelgan ona jazoga tortildi

'Chaqalog`ini o`ldirib, 3 kun davomida jasadini yashirib kelgan ona jazoga tortildi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati Buvayda tuman sudi tomonidan o`z farzandining o`limiga sababchi bo`lgan ayolga jazo tayinlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

1981 yilda tug`ilgan ayol birinchi oilasidan ajrashgan, 2 nafar farzand ko`rgan. Ayol shar`iy nikoh asosida ikkinchi marta turmush qurganida eri boshqa farzand ko`rishni xohlamasligini aytgan.

Shu sababdan ayol homilador bo`lib qolganligini bilsa-da, bu haqda hech kimga aytmay yuravergan. Qishloq oilaviy poliklinikasi doyasi homiladorlarga xos belgilarni mutaxassis sifatida sezib, ko`cha-ko`yda bir necha marta undan hol-ahvol so`raydi. Ammo ayol undan haqiqatni yashirgan.

2018 yil 1 fevralda uyda bir o`zi qolgan ayol hech kimning yordamisiz hojatxonada o`g`il farzandni dunyoga keltirgan. Ayol uni parvarish qilmay, o`zining kiyimi bilan chaqaloqning butun tanasi va yuz qismini o`rab, harorati sovuq bo`lgan xonaga yashirib qo`yishi natijasida chaqaloq vafot etgan.

Ayol uyida jasadni 3 kun hech kimga bildirmay saqlab kelgan. 3 kundan so`ng poliklinika doyasi voqeadan xabar topgan va ayol qo`lga olingan.

Sudda ayblanuvchining turmush o`rtog`i, uning o`gay o`g`li, uchastka hamshirasi va bir qancha guvohlarning ko`rsatmalari tinglangan.

Sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 99-moddasi (onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirishi) bo`yicha aybdor deb topildi va unga tegishli jazo tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar