AsosiyJamiyat

Inspeksiya xodimlariga xizmat mashinalari topshirildi

'Inspeksiya xodimlariga xizmat mashinalari topshirildi'ning rasmi

Jizzaxda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlariga xizmat mashinalari topshirildi. Bu xaqda O`zA xabar berdi.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo`limlari engil avtomobillar bilan ta`minlanishi ular faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xizmat mashinalarini tantanali topshirish marosimida aholi farovonligini oshirishning muhim sharti bo`lgan oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda inspeksiya xodimlari zimmasiga katta mas`uliyat yuklatilgani ta`kidlandi.

Shundan so`ng, inspeksiyaning boshqarma va bo`limlari mas`ullariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomashinalar kaliti tantanali topshirildi.

8.JPG

    Boshqa yangiliklar