Toshkent shahri Yunusobod tumanida "BMV" haydovchisi piyodani urib yubordi.
Voqea shu yilning 11 iyul kuni soat taxminan 23.45 larda tumanning Quloqtepa ko`chasi № 49-uy oldida sodir bo`ldi. Shu tumanida yashovchi 38 yoshli Doniyor N.o`zining "BMV" rusumli avtomobilida harakatlanib kelayotganda piyodalar yo`lagidan o`tayotgan 67 yoshli Zaripboy X.ni payqamay qolib, katta tezlikda urib yuborgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko`ra, og`ir tan jarohatini olgan jabrlanuvchi voqea joyida halok bo`lgan.






