O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi “Pluton-Oqdaryo” xususiy korxonasida “O`rta sinf vakillarini qo`llab-quvvatlash, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo`lidagi g`ov va to`siqlarni bartaraf etish hamda mulkdorlar erkinligini ta`minlash borasidagi dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
Dastlab korxona rahbari Abdurashid Oblaqulov ishtirokchilarni korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida so`zlab berdi.
– Korxonamizda aholi ehtiyojidan kelib chiqib, darvoza, chorpoya, arg`imchoq, quyon va tovuq boqish uchun qafaslar tayyorlanadi, – deydi Abdurashid Oblaqulov. – Ayni chog`da korxonamizda 17 nafar ishchi-xodim mehnat qilyapti. Lekin biz faoliyatimizni yanada kengaytirib, Tarnov qishlog`ida korxonamiz filialini tashkil etmoqchimiz. Agar ushbu filialimiz ishga tushsa, yana 3 nafar yosh ish bilan ta`minlanadi.
Tadbirda tashkilotchilardan o`z biznesini rivojlantirish uchun 180 million kredit olishda amaliy yordam so`ragan tadbirkorning muammosi shu erning o`zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so`rovi yuborish uchun yozib olindi.






