AsosiyJamiyat

Toshkentda xlor konteyneri yorilishi oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 18 kishi zaxarlandi

'Toshkentda xlor konteyneri yorilishi oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 18 kishi zaxarlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 14 iyul kuni soat 02:30 larda Bektemir tumani “Oltin topgan” MFY, sanoat hududida joylashgan “BLU MARMAR” korxonasi hududda xlor bilan ishlash jarayonida xlor moddasi konteynerida yorilish sodir bo`lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar beradi.

Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgan, 18 nafar ishchi xlor moddasidan zaxarlanish tashhisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga joylashtirildi.




Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga yotqizilgan 13 nafar yollanma ishchilar sog`ligi to`liq tiklanganligi sababli 14 iyul kuni soat 10:30da uylariga ruxsat berilgan.

    Boshqa yangiliklar