O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, jurnalist, “Xalqaro Press Klub” raxbari Sherzod Qudratxo`jaev “O`zbekiston 24” radiokanalida “Praym Taym” jonli efir muloqoti mehmoni bo`ldi, deb yozmoqda O`zA.
Efir davomida Sherzod Qudratxo`jaev yangi tashkil etilgan Universitetga 13 iyul sanasi ma`lumotiga ko`ra 500 nafarga yaqin abiturient topshirganini ma`lum qilgan edi. Shundan buyon o`tgan ikki kun ichida esa bu raqam 700 ga yaqinlashgan.
Jurnalistika va ommaviy kommunikasiya Universitetida ilk o`quv yilida bakalavr yo`nalishi uchun 100 ta va magistratura yo`nalishiga 30 ta, shuningdek, 50 ta sirtqi o`qish uchun o`rin ajratilgan. Undan tashqari boshqa soxa vakillari uchun maxsus ikkinchi mutaxassislik sifatida Oliy jurnalistika kurslari tashkil etilgan. Bu yo`nalishga 6 o`rin ajratilgan.
Shuningdek, superkontraktlar ham bo`lishi kutilmoqda.
Test sinovlari va ijodiy imtihonlar umumiy katta zalda (Ekspomarkaz) o`tkaziladi.
Ijodiy imtihonlar va suhbatni oliy ta`lim muassasasi o`qituvchilari emas, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarining tajribali vakillari o`tkazadi. Qudratxo`jaevning aytishicha bu yo`l bilan ijodiy imtihonlarning shaffofligiga erishish mumkin.






