Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"14 iyulga o`tar kechasi “Do`stlik” mahallasida yashovchi B.Sh. uyida o`zaro janjal oqibatida birga yashagan turmush o`rtog`i Sh.Sh.ning yuziga qo`llari bilan urib, bo`g`ib o`ldirdi. B.Sh. qo`lga olingan", - deyilgan xabarda.






