Buxoroda o`g`irlik sodir etgan 30 yoshli ayol qo`lga olindi

Jinoyat 16.07.2018, 12:30
Buxoroda o`g`irlik sodir etgan 30 yoshli ayol qo`lga olindi

Buxoro viloyatining Romitan tumani IIBga joriy yil 10 iyul kuni yirik miqdordagi o`g`irlik yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko`ra, 9 iyul kuni noma`lum shaxs B.B.ning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, u erdan 7750 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni «Bog`isayidon» MFYda yashovchi N.D. ismli ayol sodir etganligi aniqlandi. O`g`ri ayol qo`lga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1