AsosiyJamiyat

«Sevimli»da texnik xato tufayli ishqiy sahnalar aks etgan film efirga uzatilgani uchun uzr so`radi

'«Sevimli»da texnik xato tufayli ishqiy sahnalar aks etgan film efirga uzatilgani uchun uzr so`radi'ning rasmi

Kecha 15 iyul, yakshanba kuni kechki soat 22:30 dan keyin Sevimli telekanali orqali namoyish etilgan filmda «milliy axloqqa zid» sahna namoyish etilgan. Shu munosabat bilan telekanal ma`muriyati o`z tomoshabinlaridan uzr so`radi.

«Kanalimiz muxlislariga ma`lumki, biz o`zbek milliy kinolari bilan bir qatorda xorij kino ijodkorlarining tarixiy va zamonaviy mavzudagi filmlarini namoyish etib kelamiz. Mazkur filmlar ko`pchilik tomoshabinlarga manzur bo`layotganligi kanal ijtimoiy tarmoqlarida bildirilayotgan fikr-mulohazalardan ma`lum.

Biroq, ish bor joyda kamchilik ham bo`ladi deganlaridek, 15 iyul kuni kech soat 22:30 dan keyin efirga uzatilgan filmda texnik xato tufayli milliy axloqimizga zid qisqa epizod o`tib ketib qoldi. O`z ishiga mas`uliyatsizlik qilgan barcha xodimlar ishdan bo`shatildi. Bunday xato takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar ko`rildi va belgilandi.

Ushbu holat munosabati bilan kanalimiz ijodiy jamoasi barcha teletomoshabinlardan uzr so`raydi», — deyiladi telekanalning Facebook’dagi sahifasida.

    Boshqa yangiliklar