“O`zbekiston havo yo`llari” MAK 16 iyuldan boshlab Urganch xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilganini ma`lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qayd qilinishicha, Urganch aeroportiga amalga oshirilishi lozim bo`lgan reyslar Nukus va Buxoro aeroportiga ko`chirilgan.
Aeroport o`z faoliyatini texnik ishlar yakunlanganidan so`ng qayta davom ettiradi.
“O`zbekiston havo yo`llari” vaqtincha noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`ragan.






