Yozning jazirama kunlari insonlar soya-salqin joylarga talpinadi. Ayniqsa, bunday paytda mazza qilib cho`milish tanaga huzur bag`ishlaydi.
Sun`iy suv havzasida nazoratchilar kelganlarning salomatligi borasidagi ma`lumotnomasiz cho`milishga ruxsat bermasligi lozim. Tibbiy ko`rikdan o`tganlik to`g`risidagi ruxsatnoma 3 kungacha amal qiladi. Sun`iy suzish havzalarida cho`milishdan oldin kishi zaruriy ko`rsatmalarga amal qilish va albatta maxsus kiyim (rezina shlyapa, cho`milish kiyimi, rezina oyoq kiyim, ko`zoynak)lardan foydalanishi lozim. Bu suvning gigienik holatining yomonlashishidan saqlaydi.
Suv havzasiga tushganda quyidagi jihatlarga e`tibor bering:
– Basseynlarning kafellari sirpanchiq bo`lsa, bu suvning eskirganidan dalolat beradi. Bunday havzalarda suv uch kunda almashtirilib borilishi lozim.
– Ota-onalar o`z farzandini aslo kattalar uchun mo`ljallangan suv havzalarida cho`miltirmasligi kerak.
– Basseyn suvi 22-23 darajadan oshmasligi lozim.
– Sovuq suvda cho`milish tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.
Ba`zan yoz faslida manzarali favvoralarda bolalarning cho`milish holati kuzatiladi. Aslida favvoralar cho`milish uchun emas, balki ushbu hududdagi mikroiqlimni mo`tadillashtirish va shahar husniga chiroy qo`shish maqsadida foydalaniladigan inshoot hisoblanadi. Aksariyat favvoralarning suvi aylanma tarzda ishlaydi va kun bo`yi maxsus mexanizmlar yordamida aylanadigan suvlar havo tarkibidagi changlar orqali ifloslanadi.
Bundan tashqari, manzarali favvoralarning suv otib beruvchi temir moslamalar bolalarning cho`milishi va suvga sakrashlari paytida ularga tan jarohati etkazishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarining favvoralarda emas, aksincha, shahrimiz xududida faoliyat ko`rsatayotgan barcha shart-sharoitlarga ega, maxsus tekshiruvdan o`tkazilgan cho`milish hovuzlarida cho`milishlarini ta`minlasa, maqsadga muvofiq bo`lardi.






