“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi, deb xabar berdi “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.
Xabarda bildirilishicha, qo`shimcha qo`yilgan №256/255-sonli poezd 17, 19, 21, 23, 25 iyul kunlari Toshkent-Janubiy vokzalidan Urganch tomon soat 14:30da yo`lga chiqadi. 19, 21, 23, 25, 27 iyul kunlari esa Urganch vokzalidan poytaxtga soat 10:00da qaytadi.
"Qo`shimcha ma`lumotlarni joylardagi hududiy temir yo`l ma`lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.






