AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi xonadonlardan birida ilonni tutib olishdi

'Toshkent shahridagi xonadonlardan birida ilonni tutib olishdi'ning rasmi

2018 yil 14 iyul kuni soat 19:38 da Toshkent Qutqaruv xizmati boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga Uchtepa tumani Sakkokiy-1 4-tor ko`chasi, 10-uyida yashovchi fuqaro Turdialiev H. tomonidan murojaat kelib tushgan. U yashaydigan uyning yotoqxonasiga ilon kirganligi to`g`risida xabar bergan.

Qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga borib, asbob-uskunalar yordamida xonadon ichidagi ilonni ushlab, xatarsiz joyga qo`yib yuborilgan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumot uchun: Toshkent shahar Qutqaruv xizmati boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga 2018 yilning 11 iyul kunidan 16 iyul kuniga qadar, jami 1352 ta qo`ng`iroq kelib tushgan va ularning barchasi ijobiy hal etilgan.

Shulardan 16 tasiga boshqarmaning Qidiruv-qutqaruv guruhlari tomonidan joyiga chiqqan holda zaruriy yordamlar ko`rsatilib, fuqarolarning hayotlari saqlab qolinishi, ularning sog`lig`iga va mol-mulkiga zarar etishining oldi olindi. Qolgan murojaatlar turiga qarab ma`sul boshqarma va xizmatlarga etkazilib, ularning o`z vaqtida ijro etilishi nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar