AsosiyJamiyat

Toshkentda ilk er osti chiqindixonasi o`rnatildi (foto)

'Toshkentda ilk er osti chiqindixonasi o`rnatildi (foto)'ning rasmi

Toshkent shahrida chiqindilarni vaqtincha er ostida saqlovchi maxsus qutilar o`rnatiladi. Bu haqda Ekologiya qo`mitasi ma`lum qildi, deb xabar bermoqda «Xalq so`zi».

Qayd qilinishicha, chiqindi qutisining ichida 1100 litr hajmga ega konteyner joylashgan. Agar qutilardan biri chiqindi bilan to`lgan bo`lsa-yu, unga axlat to`la chelak ushlab olgan holda yaqinlashsangiz, to`la qutining qizil chirog`i yonib, yonidagi konteynerga o`tishingiz haqida ogohlantirish beradi.

E`tiborlisi, ushbu chiqindi qutilari tizimi quyosh batareyalari yordamida ishlaydi. Shuningdek, ular joylashgan hududni tasvirga olishga mo`ljallangan kuzatuv kameralari ham o`rnatilgan.


    Boshqa yangiliklar