1

O`zbekistonda maktab direktorlarini saylash taklif qilinmoqda

Jamiyat 18.07.2018, 10:56
O`zbekistonda maktab direktorlarini saylash taklif qilinmoqda

"Mening fikrim" portalida O`zbekistonda maktab direktorlari saylanishini joriy etish haqidagi taklif joylashtirildi.

"Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda ta`lim va tarbiya uchun asosiy javobgar va mas`ul shaxslardan biri hisoblanadi. Ko`p hollarda, garchi munosib bilim, tajriba va salohiyatga ega bo`lmasa ham, maktab direktorligi lavozimiga tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlari mudirlari o`zlari istagan shaxslarni tayinlaganiga guvoh bo`lamiz. Bu albatta, farzandlarimizning tarbiyasida o`zining natijasini ko`rsatmay qolmaydi. Buning oldini olish uchun Xalq ta`limi vazirligi huzurida ko`p yillik tajribaga ega, halol, faxrli pedagoglardan iborat tarkibda kengash tuzish lozim. Bu, o`z navbatida, kengash tomonidan nomzodlarni ko`rib chiqish va direktorlikka munosib nomzodni saylash imkoniyatini yaratadi", deyiladi berilgan taklifda.

Mazkur taklif ayni vaqtgacha 921 ta ovoz to`plagan.

Eslatib o`tamiz, mazkur taklif parlament tomonidan ko`rib chiqilishi uchun 10 mingdan ortiq ovoz to`plashi kerak bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1