1

Navoiyda suvda cho`kayotgan 8 yoshli qizaloq qutqarib qolindi

Jamiyat 18.07.2018, 11:05
Navoiyda suvda cho`kayotgan 8 yoshli qizaloq qutqarib qolindi

15 iyul kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida “To`dako`l” suv havzasining cho`milish uchun mo`ljallangan qismida 8 yoshli qizcha ota-onasi bilan cho`milishga keladi.

Shundan so`ng nazoratsiz qolgan bola havo orqali to`ldirilgan ballon yordamida cho`milayotgan vaqtida suvga tushib, cho`ka boshlaydi.

Mazkur voqeani kuzatib turgan va ayni damda navbatchilikni o`tayotgan Navoiy viloyati FVB qutqaruvchilari zudlik bilan etib borib, qutqaruv ishlariga kirishadi. Amalga oshirilgan sayi-harakatlar natijasida, qizcha o`z vaqtida qutqarib qolindi hamda ota onasiga sog`-salomat topshirildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1