1

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o`qituvchisi pora bilan qo`lga olindi

Jinoyat 18.07.2018, 12:31
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o`qituvchisi pora bilan qo`lga olindi

Buxoro shahrida yashovchi ayol Buxoro viloyat IIB boshlig`i nomiga ariza orqali murojaat qilib, Buxoro Muhandislik texnologiyalar institutida ishlaydigan “Ibod” ismli o`qituvchi qizi Sh.Karimovani ushbu institut qoshidagi akademik liseyga o`qishga kiritishini aytib, evaziga pora tariqasida 300 AQSh dollari talab qilib kelayotganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar qilmoqda.

Buxoro viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda viloyat IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor-tadbir natijasida 1983 yilda Shofirkon tumanida tug`ilgan Buxoro Muhandislik texnalogiyalar institutida o`qituvchi lavozimida ishlovchi, Shofirkon tuman Vardonze MFY, Vardonze qishlog`ida yashovchi fuqaro Sohibov Ibodullo Adizmurodovich hamda uning sherigi 1981 yilda Shofirkon tumanida tug`ilgan hozirda Buxoro Muhandislik Texnalogiya Institutida mashinasozlik fani o`qituvchisi lavozimida ishlovchi, Buxoro tumani Losha MFY Foshun qishlog`ida yashovchi fuqaro Barakaev Faxriddin Najmiddinovichlar Buxoro shahridagi “Turon” to`yxonasi oldida joylashgan oshxonada ariza muallifidan 300 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1