1

Qoraqalpog`istonlik o`quvchilar xalqaro tanlovda g`olib bo`ldi

Jamiyat 18.07.2018, 14:59
Qoraqalpog`istonlik o`quvchilar xalqaro tanlovda g`olib bo`ldi

Qirg`izistonda o`tkazilayotgan “Issk-Kul sobiraet druzey – 2018” xalqaro etno-karnavalda Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxtako`pir tumanining 17-bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchilari jamoaviy chiqishda “Narodnoe instrument” yo`nalishi bo`yicha birinchi o`rinni egalladi.

Shuningdek, mazkur maktab o`quvchisi Seytova Shaxsanem yakkaxon ijroda 2-o`rinni egalladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

photo_2018-07-17_10-26-11.jpg

photo5364222687813151182.jpg

– Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan mazkur to`qqizinchi xalqaro etno-karnavalda dunyoning 50 ga yaqin davlatlaridan bolalar ishtirok etmoqda, – deydi Yoshlar ittifoqining Qoraqalpog`iston Kengashi matbuot kotibi Klara Xudaybergenova. – Ushbu tadbirda taxtako`pirlik 10 o`quvchi ishtirok etmoqda.

photo5364222687813151183.jpg

Etno-karnaval Qirg`iziston, MDH va xorijiy davlatlarning etnomadaniy xususiyatlarini o`rganish, tiklash va saqlab qolish, mamlakatlar o`rtasida do`stlik aloqalarni mustahkamlash, turli mamlakatlar yoshlari o`rtasidagi madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, badiiy qobiliyatlarini yuksaltirish, musiqiy, vokal, xoreografik mahoratini oshirish hamda sayyohlik ko`nikmalarni takomillashtirish maqsadida o`tkazilmoqda.

Xalqaro etno-karnaval joriy 13 iyul kuni Bishkek shahrida ochilgan bo`lib, 20 iyulga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1