AsosiyJamiyat

Andijonda er olib berishni va`da qilib 4 000 dollar pora olgan mas`ul xodim qo`lga olindi

'Andijonda er olib berishni va`da qilib 4 000 dollar pora olgan mas`ul xodim qo`lga olindi'ning rasmi

Andijon viloyati, Buloqboshi tumani er resurslari davlat kadastri boshlig`i Ulug`bek Rahmonov Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo`lga olindi. Bu haqda "Andijonnoma" gazetasi xabar berdi.

Ulug`bek Rahmonov mansabini suiste`mol qilib, tuman hududidan 4 sotix er maydoni ajratib berish uchun U.B. dan 4 ming AQSh dollari talab qilgan. Inson qadr-qimmatini pul bilan o`lchashga o`rgangan mansabdordan farqli ravishda U.B. jamiyat manfaatini ustun qo`ydi. Shu bois u poraxo`r amaldorning munosib jazo olishiga ko`maklashdi va tegishli idoraga murojaat etdi.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida amaldor pora bilan qo`lga tushdi. Xozirda U.Rahmonovga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, JPKning 221-moddasi tartibida qamoq ehtiyot chorasi qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar