Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 16 iyul kuni noma`lum shaxs boshqaruvidagi oq rangli Nexia rusumli avtomashinani Chig`atoy qo`rg`oni hududida joylashgan "Minsuvlar" blokpostiga haydab kelib, shu erda o`rnatilgan temir to`siqli shlagbaumni urib yuborib, voqea joyidan yashirindi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Hodisa oqibatida postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi A.I jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida mashinani Toshkent tumani, Ko`ksaroy qo`rg`onida yashovchi B.B. boshqarganligi aniqlanib, qo`lga olindi.