AsosiyJamiyat

O`zbekiston Tojikistonga yangi maktab qurib beradi

'O`zbekiston Tojikistonga yangi maktab qurib beradi'ning rasmi

O`zbekiston So`g`d viloyatida yangi umumta`lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi "Xalq so`zi" nashri “So`g`d” axborot agentligiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, 630 o`quvchiga mo`ljallangan maktab Spitamen tumanida barpo etiladi. Bu haqdagi bitim O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan.

“Spitamen tumani ma`muriyati o`zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etilgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar