AsosiyJamiyat

Tojikistonda 130 mingga yaqin o`quvchi o`zbek tilida ta`lim olmoqda

'Tojikistonda 130 mingga yaqin o`quvchi o`zbek tilida ta`lim olmoqda'ning rasmi

Tojikiston Respublikasi fan-ta`lim vaziri o`rinbosari R.Mirboboev mamlakatning birinchi yarim yillik yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumanida bu haqda ma`lum qilgan.

Vazir o`rinbosarining qayd etishicha, Tojikistonda o`zbek tilida o`qitishga ixtisoslashgan maktablar soni etmishdan ziyod. Yana 426 ta umumta`lim muassasasida tojik tili bilan birga o`zbek tilida o`qitish ham yo`lga qo`yilgan bo`lib, o`quvchilarni o`quv-adabiyotlar bilan ta`minlashga ham alohida e`tibor berib kelinmoqda. Shu maqsadda vazirlik qoshida o`zbek tilidagi o`quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash guruhi faoliyat ko`rsatmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekiston So`g`d viloyatida yangi umumta`lim maktabini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar