1

Poytaxtda "Chilla Fest – 2018" festivali o`tkaziladi

Jamiyat 21.07.2018, 07:21
Poytaxtda "Chilla Fest – 2018" festivali o`tkaziladi

Yozning jaziramasi avjiga chiqqan shu kunlarda kechki salqinda istirohat bog`lari, so`lim go`shalar, suv bo`ylarida oilaviy sayr etishning gashti o`zgacha.

Shuni inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimligi 29 iyul kuni yirik miqyosdagi madaniy-ma`rifiy, ko`ngilochar loyiha – "Chilla Fest – 2018" festivalini o`tkazishni rejalashtirmoqda. Toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari uchun ayni muddao bo`lgan mazkur festival Toshkentdagi beshta bog`da – "Lokomotiv", CentralPark, Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`i, "Anhor-Lokomotiv", GreenPark kabi maskanlarda oilaviy sayllar tarzida o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Festival dasturi etti yoshdan etmish yoshgacha bo`lgan barchaning ko`nglini olishga mo`ljallangan. Bayramona va ko`tarinki ruhda o`tuvchi ushbu festival barcha orziqib kutadigan dam olish kunining g`oyat mazmunli va qiziqarli bo`lishiga, oilaviy rishtalar yanada mustahkamlanishiga hissa qo`shadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1