1

Samarqandda o`g`il 85 yoshli otasini kaltakladi

Jinoyat 21.07.2018, 09:20
Samarqandda o`g`il 85 yoshli otasini kaltakladi

18 iyul kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanida o`g`il otasini urib, turli tan jarohatlari etkazgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lumotga ko`ra, shu tumanda yashovchi 29 yoshli D.Tohirov (ismi o`zgartirilgan) uyida birga yashovchi 85 yoshli otasi U.Tohirov (ismi o`zgartirilgan) bilan janjallashib, uning tanasining turli joylariga qo`llari bilan urgan.

Natijada ota jiddiy jarohat olish evaziga shifoxonaga yotqizilgan.

Otaga qo`l ko`targan o`g`il D.Tohirov esa qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1