Qoraqalpog`iston Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Nukus shahri ichki ishlar bo`limi hamkorlikda muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan 15 nafar shaxsga ko`mak ko`rsatdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
— Nukus shahridagi muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan 15 nafar shaxsning fuqaroligini rasmiylashtirish maqsadida ularga biometrik pasport berish choralari ko`rildi, — deydi Nukus shahar Ichki ishlar bo`limi boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik A.Sitanov. — Biometrik pasportlar uchun to`lovlar Nukus shahri hokimligi tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek, ular doimiy ish joyi va kiyim-kechak bilan ta`minlandi.
Qoraqalpog`iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.






